Konsta
AKA: Abdullayev Sharifjon Shokir oʻgʻli, Sharif Abdullayev, Sharifjon Abdullayev
Abdullayev Sharifjon Shokir oʻgʻli (1992-yil 9-sentabr, Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik reper, Yuzlabel leybli asoschisi.
Sharif ilk bor 2011-yildan boshlab qoʻshiq yozishni boshlagan. Moskvada ishlab yurgan vaqtlarda CENTR, Guf va Птаха kabi reperlarga qarashli studiyada ishlovchi xorazmlik yigit orqali oʻz qoʻshiqlarini yozdirgan.
2012–2013-yillarda «Koʻchalar guvoh» qoʻshigʻi orqali oʻz shahrida tanilgan. «Gulim» taronasi ortidan ancha mashhurlikka erishgan. Bloger Timur Alixonov bilan birga kuylagan «Boy» treki esa ijodida keskin burilish yasagan. «Ertasi yoʻq», «Oʻzbegim», «Utopia», «Chumoli», «Odamlar ucha olar», «Biz yoʻq joyda», «Odamlar nima deydi?!» kabi jamiyatdagi muammolarga qaratilgan qoʻshiqlar kuylagan.
2022-yil 31-mart kuni Zarafshon konsert zalida birinchi konsertini bergan. Ijodida asosan oʻzbek mehnat muhojirining hayoti va muammolariga eʼtibor qaratib keladi.