Sengacha

By Konsta

On Kulrang

Released on August 25, 2024

35K Views

Thumbnail

[«Sengacha» qoʻshigʻi matni]


[Kirish]

Sengacha bilmadim chindan sevganmikanman

Oʻtmishim bilan kurashib, yengib boʻlganman

Barcha treklarim aslida senga boʻlganmi?

Barcha nuqsonlaring, bilgin, menga mukammal (RE.M)


[Koʻplet 1]

Har xil holatlarda boʻldi koʻp xatolar

Yoʻlda koʻp adolatsizlar, toʻldi koʻp qatorlar

Noldan topda porlar, yulduzlardan ham oʻtib ketguncha

Nechta boʻldi qorlar-u yozlar bu kunlarga yetguncha

Koʻp odamlarni koʻrdim-u — yuzida niqobi

Ular koʻrsatadi tanasini, ruhini emas

Koʻp narsalarni yoʻqotdim-u, seni topdim

Sengacha yoʻqotganlarim endi muhim emas


[Naqarot]

Sengacha yoʻllarim — bu vaqtincha manzillar

Sengacha qoʻllarim tutdi begona dillar

Sengacha yillarim — bu zerikarli yillar

Seni izlab, barchasi seni izlab

Sengacha boʻlarim boʻldi, bu yovuz tillar

Koʻra olmasdan baxtingga, tajovuz qilar

Sengacha yillarim — bu zerikarli yillar

Seni izlab, barchasi seni izlab


[Koʻplet 2]

Sengacha ham rostakamiga kelganmi omadim?

Sengacha boʻlgan hayotdan nega hech narsa qolmadi?

Uxlab qobsan yelkamda, tonggacha yelkamni omadim

Ovoz chiqarmay yozdim trekni, shirin tushlarsiz qolma deb

Shirin uyquda, uxlashda tengi yoʻq uyqichimni

U nozik juda, lekin tortib olar bor kuchimni

Kutadi har kuni qachon ishimdan ortishimni

U quyoshlari bilan qiladi bahor qishimni


[Naqarot]

Sengacha yoʻllarim — bu vaqtincha manzillar

Sengacha qoʻllarim tutdi begona dillar

Sengacha yillarim — bu zerikarli yillar

Sеni izlab, barchasi seni izlab

Sengacha boʻlarim boʻldi, bu yovuz tillar

Koʻra olmasdan baxtingga, tajovuz qilar

Sengacha yillarim — bu zеrikarli yillar

Seni izlab, barchasi seni izlab