Oʻtkinchi

By Konsta

On Kulrang

Released on January 31, 2025

Thumbnail

[«Oʻtkinchi» qoʻshigʻi matni]

[Naqarot]

Hammasi oʻtkinchi dunyoda, oʻtamiz biz ham

Sovuq yerni bagʻriga jim yotamiz biz ham

Hech chekmangiz gʻam, boʻlmasiz koʻzlaringiz nam

Hayot davom etadi bu dunyoda bizsiz ham

Hammasi oʻtkinchi dunyoda, oʻtamiz biz ham

Sovuq yerni bagʻriga jim yotamiz biz ham

Hech chekmangiz gʻam, boʻlmasiz koʻzlaringiz nam

Hayot davom etadi bu dunyoda bizsiz ham

[Koʻplet]

Bilmiman oldinda nima bor

Yozaman yana nechta qator?

Necha yil kutib ishda har tong

Balki boshqacha yoʻnalishda xato?

Balki ovozim eshitilmay qolar?

Men haqimda yozilmiydi maqola

Soʻzlarimga yopishadi xatolar

Ishlarimdan topishadi xatolar

Yozilib har xil bayonotlar

Boʻlaman balki yomon otliq

Nima boʻlganda ham ishonaman

Baribir chiqadi qanotlar

Oʻlmaydi biz boshlagan ishlar

Baribir boʻlar oʻzgarishlar

Odamlar nima desa desin

Haqiqatni eslab qolar tanishlar

Ular eslab qoladi niyatimni

Nima uchun intilganimni

Qadrlab samimiyatimni

Unutmas maqsad deb bilganimni

Nimalarni oʻynaganimni

Nima uchun kuylaganimni

Pul yoki boshqa narsalarni

Insonlarimdan ustun qoʻymaganimni