Kulrang

By Konsta

On Kulrang

Released on January 31, 2025

Thumbnail

[«Kulrang» qoʻshigʻi matni]


[Koʻplet]

Zulmatdan yorugʻlikka qarab yoʻlim

Ming marta yolgʻizlikka qaram boʻlib

Oq ishlarni qilsam-da, qora qoʻlim

Ichimdan izlayman oq tomon

Lekin bari kulrang

Oldin koʻzguda koʻringan yomonni yuta olmiman, doim durrang

Ketkaza olmiyman qoʻlimdagi qonni

Qora, oq, kulrang

Kechirolmiman oʻzimni oʻzim

Keta olmiyman oʻtmishdan, koʻzimni uzib

Qoʻldan kelganicha yaxshilikka harakat

Lekin eski qora chiziqlarim bor uzundan uzun

Bir necha yil yolgʻizlikni «toʻlov» dedim

Sal qolsa, vijdon ketar edi savdoda

Qarzdorman har bir uzatilgan qoʻl oldida

Axir ular men nodonni inson dedi

Qanchalik oson yoʻqotish insofni

Qanchalik topish qiyin

Gunohlarni eshigini sira ochma

Keyin uni yopish qiyin

Gunohlarni qilgancha, yashab tinchgina

Xotirjam boʻlib, yotish qiyin

Qanday yashaydi ba’zilar? Aldar, eplar

Begʻam yuraverishadi, gunohlarga botishsayam