Jonga tegdi

By Konsta

On Kulrang

Released on June 19, 2024

Thumbnail

[«Jonga tegdi» qoʻshigʻi matni]

[Kirish]

RE.M

[Naqarot]

Jonga, jonga, jonga tegdi televizordagi har ikkinchi shou

Har ikkinchi — freak, har ikkinchi тип — клоун

Har bitta klip — drama, hammasida slow motion

Nol foiz талант va did, faqat katta promotion

[Koʻplet 1]

Bu televizorni otvorging keladi, erkalatib, soʻkking keladi

Qalbaki образ'lar картинка'lardey, bekor oʻtdi vaqtim, malades

Seriallar bir biridan sayoz, aktyorlar xuddi daraxtdek

Shuniyam koʻradi odamlar всерьёз, oʻtirib, xuddi karaxtdek

Syujetlar bir xil, ming marta boʻlgan-u, зато bunda yana pastroq sifat

Yoki qizni otasi boy boʻladi, yoki bolani urib ketadi oq Spark

Umuman did yoʻq

Sizlar xafa boʻlmelar-u, agar toza san’atga baho berilsa — yoʻqsizlar

Yurakdagi hayajon, yuzlardagi tuygʻu — bu sizlarda yoʻq xislat

«Xalq yeydi-ku», — deb, axlat taxlab, arzon san’at, arzon narxlar

Shaxsiy fikr — nol, faqat paxta, харизма yoʻq, кукла, taxta

Farqi yoʻq, pul qilsa boʻldi, oʻziga bermas bir savolni:

«San’atingdan xalqingga, ayt-chi, qanday hissa boʻldi?»

[Naqarot]

Jonga, jonga, jonga tegdi televizordagi har ikkinchi shou

Har ikkinchi — freak, har ikkinchi тип — клоун

Har bitta klip — drama, hammasida slow motion

Nol foiz талант va did, faqat katta promotion

[Koʻplet 2]

Bu ijoding xalqqa qanday ta’sir qilar?

Yaxshiroq-ku JONY «Комета»si bilan

Xatto oq шум, yoshlar miyasi toʻlar

Oʻzida yoʻq образ'larni yasab olar

Javobingni bersang, yasab olib

Musiqang oʻtsa, nimasi qolar?

Axir xayotda hech uchramas u holat

Nima yozib berganini oʻzi tushunmas-u bola

Odamlar oʻzbekcha musiqadan toʻydi

Soqqa deb, shou-bizga qadam qoʻydi

Treklarni bos, top koʻkidan toʻyda

Lekin xalq bu musiqadan toʻydi

«Senzura», — desa, jim boʻb, bari oʻldi

«Oʻldim, kuydim», — deb, treklari toʻldi

Qalbi boʻm-boʻsh, зато cheklari qoʻlida

Jonga tegdi, oʻchib ketlaring, boʻldi

[Koʻprik]

Koʻrsat bizga qanaqa shaxssan

Koʻrsat ijoddan qanday maqsad

Kechir, agar soʻzlarim chaqsa

Kerakmas bizga bir xil axlat yana yuzta qism