Dada

By Konsta

Released on March 3, 2024

7K Views

Thumbnail

[«Dada» qoʻshigʻi matni]


[Kirish]

Hoʻ-oʻ-oʻy, hoʻ-oʻ-oʻ

Hoʻ-oʻ-oʻ, hoʻ-oʻ-e

Hoʻ-oʻ-oʻy, hoʻ-oʻ-oʻ

Hoʻ-oʻ-oʻ (RE.M)


[Koʻplet 1]

Olma daraxtidan uzoqqa tushmidi

Qayerga ham boraman oʻzizdan oʻtib?

Baribir sizga oʻxshagan tomonim kuchli-da

Faxrlanasizmi oʻgʻlizdan, ota?

Tanlagan yoʻlim begona sizga balki

Natijasini koʻrsatdim-u sal keyin

Toʻgʻri, bankir boʻmadim yoki harbiy

Meni kasbim — insonlar, soʻzlar, bit

Gʻarbiy qarashlarim sizga yod narsa

Keling, siyosiy qarashlar, isbotlarsiz

Har qanaqa qoralar yoki oqlarsiz

Shunchaki oʻylaganda duo qilarsiz

Ichimdan otilar soʻzlarim, yillar yigʻini

Sizdan uzoqlarda, oʻtib boʻldim yigʻi-sigʻini

Sovugʻini koʻchaga tashlab, uyga faqat issigʻini

Sizga aytmadim necha marta yoʻqotdim chizigʻini, yoʻlimni

Tushurmasdan qoʻlimni, oʻz ishimni qildim

Harakat qilsam, hammasidan oʻtishimni bildim

Koʻp narsadan voz kechdim, oʻqishim buzildi

Chunki orzuim — ofisda ishlab oʻtish emas edi

Men tavakkalchiman, bir ishga yalchimas

Asosiysi qoʻrqoq yoki gʻalchamas

Men bilmiman ertaga qayerda boʻlaman, lekin

Qayerda boʻlsam ham sizga oʻxshab qolaman ekan


[Naqarot]

Dada, dada, oʻzingizday

Mana, qarang, xuddi sizday

Dada, qarang, oʻgʻlingiz yulduzdek

Chunki xuddi sizday, xuddi sizday

Menga qarang, oʻzingizday

Mana, qarang, xuddi sizday

Boʻldimmi orzudagi oʻgʻlingizday?

Bilmadim, lekin boʻldim xuddi sizday

Dada, dada, oʻzingizday

Mana, qarang, xuddi sizday

Dada, qarang, oʻgʻlingiz yulduzdek

Chunki xuddi sizday, xuddi sizday

Menga qarang, oʻzingizday

Mana, qarang, xuddi sizday

Boʻldimmi orzudagi oʻgʻlingizday?

Bilmadim, lekin boʻldim xuddi sizday


[Koʻplet 2]

Koʻz oldizda yosh bolaman balki haliyam

Hali kamchiligi koʻp boʻlmidi valiahd

Kelajakni unga ishonish не вариант

Kiyinishi tushunarsiz-u, ishlariyam

Yoshligizni eslasangiz boʻlar adolatdan

Oʻziz ham boʻlgansiz aniq shunaqa holatda

Oʻziz ham bilasiz, hech narsaga kafolat yoʻq

Sizga oʻxshab, oʻgʻlingiz ham aniq topiladi yoʻl


[Koʻprik]

Hoʻ-oʻ-oʻy, hoʻ-oʻ-oʻ

Hoʻ-oʻ-oʻ, hoʻ-oʻ-e

Hoʻ-oʻ-oʻy, hoʻ-oʻ-oʻy

Hoʻ-oʻ-oʻy, hoʻ-oʻ-e

Hoʻ-oʻ-oʻy, hoʻ-oʻ-oʻ

Hoʻ-oʻ-oʻ, hoʻ-oʻ-e

Hoʻ-oʻ-oʻy, hoʻ-oʻ-oʻy

Hoʻ-oʻ-oʻy, hoʻ-oʻ-e


[Naqarot]

Dada, dada, oʻzingizday

Mana, qarang, xuddi sizday

Dada, qarang, oʻgʻlingiz yulduzdek

Chunki xuddi sizday, xuddi sizday

Menga qarang, oʻzingizday

Mana, qarang, xuddi sizday

Boʻldimmi orzudagi oʻgʻlingizday?

Bilmadim, lekin boʻldim xuddi sizday

Dada, dada, oʻzingizday

Mana, qarang, xuddi sizday

Dada, qarang, oʻgʻlingiz yulduzdek

Chunki xuddi sizday, xuddi sizday

Menga qarang, oʻzingizday

Mana, qarang, xuddi sizday

Boʻldimmi orzudagi oʻgʻlingizday?

Bilmadim, lekin boʻldim xuddi sizday