Xayolim o`zga olam
Nega bora-bora tunda ko`zim nam?
O`zi man bu huzurda mehmon
Nari borsa bugun ham adoim ehtimoli har qadam
Ko`zlarim yo`lingdadir
Bir maning maqsadim bo`lmadi ro`yo, ko`rinmas dunyo
Yuguradi bu oyoqlarim
Tomoningga tinmay, hech dam bilmay
Mana bu qo`llarim har kuni doim yopiq eshigingni
Tebratar umuman tonmay
Izlaydi ko`zlarim o`zingni faqat, bexonumonman
Bitdi bu doston, yuragimdagi ming karra fig`on
Badanimda qolmadi darmon
Yo`qlayman o`zingni kunu-tunda o`zimda
Kuygan haroratda fursatda, har kelajak bir zamonda
Har sahifayu devonda
Sezildi na bir issiq, na bir sovuq
Har tomonimdan berilgan zarba
Na bir zulmni sezdim man betom, a
Vujudimni kuydirsang, bejon etsang
Yuragimni qon talatib oxir netaman
Jamolingni ko`rsatmasang? (ko`rsatmasang)
Nasibamni maning devonayu rasvodan
Battar qilsang ham roziman axir
Oxiri borib, “manzili a’lo”ga yetqazsang
Bo`lar edimi sodir
Jonu jahonim maning
Qalbimni do`pposlagan dardimu arzandam maning
Har balo qilsang qil, oshiq qilsang bas
Bormidi bundan ortiq baxt?
Misoli daraxt kabi man so`narim ayon bevaqt
Qadarim bitmasdan mutloq, man qildim ahd
Negadir ko`karmadim, ko`kardi ichimdagi dardimu armon
Boq maning holimga, yoron, ne keregi bor usha go`zal makon?
Ko`zlaringga man boqmasam, unda borim ham kam
Butun borliq ham kam
Kun kabi otsang
Qani edi natijalarim so`nggida vaslingga duchor bo`lsam
Hayronu vayron bo`lsam, yuragim qon otib, oxir netaman
Netaman jamolingni ko`rmasam?