Inson

By Insei

Released on May 22, 2026

Thumbnail

Gender gender oynadik insonlik esdan chiqib

Qarama qarshi jinsga nafrat miqdor izdan chiqib

Ko'zlarda har bir erkak zoravon mazlum

Har bir ayol bir umr tort devor Ichida mahkum

Propoganda sabab unutdikmi bir jon edik

Xuddi go'zal taqinchoqning ip ila marjonidek

Jinslar ortasida urushni bilmadim kim boshladi

Lekin o'yla nega ikki jins tashlanganin boshdan

Talab oshdi kutishlar qimmatlashdi

Hammamizdagi shior huquqim uchun kurashdim

In yang doirasida go'yo ikki tomon ham oq

Hatto qora dog'i yo'q xuddi poklanishga kurashdik (huh qiziq)

Til xanjari nafrat zanjirlarini kesdi va

Hurmat tuygusi tubsiz jarlikka quladi yuztuban

Hatto o'limin xohlab insonni ustidan

Qayergacha yetganimiz malum kamida instadan

Ayol bo'lgin erkak bo'l

Lekin qo'ymadikmi insonlikni unutib

Yengiltak dedik, zoravon hammasi

Yurak to'la hate va to'xtatmadi uni til

Teparoqdan qara aslida hammamiz inson

Bu urushda nafratdan o'zga kordingmi nimadur

Tildagi zahardan falaj bo'lganida insof

Erkak bo'gin ayol bo'l (lekin) inson bo'l dimadik (2x)

Xo'sh hammayoqda shum

Shuncha nafrat oqimin deltasini olmadim tushunib

Ikki tomon qozgalon kotarib huquq uchun

Targibot va qilmishlar oqibatini unutib

Qo'ydik bolani yetim qo'ydik

Internetdagi shumga ergashib go'yo poda qo'ydek

Og'izga keganin gapirib qay yo'lga chorladik

Lekin hech kim aytmadi ozi bu insonlar tupoy deb (endi qara)

Otilgan toshlar natijasidan kimga nima naf

Hatto shayton ketvordi ko'tarib chemadan

Bizga dushman kerak emas ozimiz chopamiz

Bir birimizni va hayron qolamiz xato nimada

Teparoqdan qara aslida hammamiz inson

Bu urushda nafratdan o'zga kordingmi nimadur

Tildagi zahardan falaj bo'lganida insof

Erkak bo'gin ayol bo'l (lekin) inson bo'l dimadik (2x)